Uxandan (Xitoy) evakuatsiya qilingan Ukraina fuqarolari bo‘lgan maxsus samolyot reysi 20 fevral kuni Xarkov aeroportiga qo‘ndi. Davlat chegara xizmati xodimlari 94 kishini: 72 yo‘lovchi, 22 ekipaj a’zolari va tibbiyot xodimlarini rasmiylashtirdi, deya xabar berdi UNIAN agentligi.

Ular aeroportdan Poltava viloyatidagi Noviy Sanjar tibbiy markaziga olib borildi. Biroq Noviy Sanjar aholisi evakuatsiya qilinganlarning kelishiga qarshi norozilik bildirishni boshladi. Ular avtobuslar karvoniga tosh otishdi, mashinalar bilan yo‘lni to‘sishdi, shinalarni yoqishdi. Avtobuslardan birining oynasi singan. Yo‘lovchilar esa derazadan javoban yurak tasvirlarini ko‘rsatdilar.

Evakuatsiya qilinganlar 14 kun davomida Milliy gvardiyaning «Noviy Sanjar» tibbiy markazida qat’iy sanitariya-epidemiologiya nazorati va xavfsizlik rejimig ostida qoladilar.

Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Zoryana Skaletskaya evakuatsiya qilinganlarga qo‘shilish va ular bilan ikki hafta vaqt o‘tkazishga qaror qildi. «Bu odamlar bizning vatandoshlarimiz, ular bizga begona emas, biz ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak», — dedi u.

Tartibsizlar davomida 24 kishi qo‘lga olindi. Ular politsiyaning hududiy bo‘linmalariga olib borildi. Shaharchada vaziyat takror yuzaga kelish ehtimoli sababli huquqni muhofaza qilish xizmatlari xodimlari zaxirasi shakllantirildi.