Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi, olti kishi esa jarohatlandi, deya xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.

Hodisa 18 fevral kuni taxminan 8:30 da A-373 «Qo‘qon-Toshkent» avtoyo‘lining Chinobod qishlog‘idan o‘tgan qismida sodir bo‘ldi. 35 yoshli Nexia haydovchisi A. U. qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 37 yoshli Y. A. boshqaruvidagi Tico va 49 yoshli Z. J. haydab kelayotgan Gentra bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Hodisa natijasida Gentra yo‘lovchisi X. M., Tico haydovchisi va uning yo‘lovchisi B. M. hodisa joyida vafot etdi. Yana olti kishi shifoxonaga yotqizildi.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266- moddasi 3- qismi «a» bandi bilan (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xuddi shu kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Isuzu avtobusi va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar berdi IIV YHXBB.

IIV YHXBB matbuot xizmati.

Yengil avtomobil haydovchisi F. K. va uning yo‘lovchisi F. X. hodisa joyida olamdan o‘tdi, yana ikki yo‘lovchi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.