19 fevral kuni Bektemir tumanidagi 6-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasida ikki haftalik karantinni o‘tkazgandan so‘ng, Vuxandan qaytgan 84 kishi uyiga qaytdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Koronavirus xavfi sababli Uxandan charter reysda olib kelingan fuqarolarning 14 kunlik karantin muddati tugadi va ularda koronavirus alomatlari aniqlanmaganligi bois o‘z uylariga qaytishdi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar va besh nafar Qozog‘iston fuqarosi 5 fevral kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter reysi orqali evakuatsiya qilingan edi.

Karantin davrining boshi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash bo‘yicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aniqlab berdi

18 fevral kuni Xitoy poytaxti Pekindan evakuatsiya qilingan va Toshkent viloyatidagi «Bo‘ston» sanatoriyasida ikki haftalik karantinda saqlangan 294 fuqaro uylariga kuzatilgan edi.