19 fevral kuni, Toshkent shaxri xududida «Tavhid va jihod katibasi» (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan bir guruh tarafdorlar va a’zolarning faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur shaxslar hozirda Suriyada xalqaro terroristik tashkilot safida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarosi A.Shodibekovning (1996 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan) g‘oyaviy ta’siriga tushib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan qo‘mak berish maqsadida moddiy tomondan yordam ko‘rsatish va TJK tarkibiga borib ko‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt hududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 kishi qo‘lga olindi.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi. Xozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot tariqasida, O‘zbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan «Tavxid va jixod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.