Ma’lumotda ta’kidlanishicha, Ikromov Ichki ishlar vazirligida o‘z lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini ham bajaradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18 fevral kuni o‘tkazilgan навбатдаgiмажлисида O‘zbekiston prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonini tasdiqlash haqidagi masala ko‘rib chiqilgandi.

Davlat rahbarining mazkur farmoni bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilishi ma’qullangan. Shuningdek, yangi tuzilma rahbari lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodini ma’qullangan.

Bunga qadar O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan general-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich 2019 yil noyabrda ichki ishlar organlariga o‘tkazilgandi.

2017 yilda Mudofaa vazirligiga kelgan Ikromov aynan ichki ishlar sohasida faoliyat yuritgan.