5−6 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi kuzga qoldirildi, deya xabar qildi"Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi.

Axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir muddatining ko‘chirilishiga dunyoda koronavirus tarqalgani bilan bog‘liq. U 12−14 fevral kunlari Sochida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya investitsiya forumi ham xuddi shu sabab bilan noma’lum muddatga qoldirilganini ta’kidlab o‘tdi.

Suhbatdosh forum O‘zbekiston uchun juda muhim bo‘lsani bois albatta o‘tkazilishini qayd etdi.
Investitsiya forumini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yanvarda parlamentga murojaat vaqtida ilgari surilgan edi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, forumda 1500 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy kompaniyalar rahbarlari, investorlar, eksportchilar va xalqaro OAV vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.