O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19 fevral kuni Anqaraga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi tadbirlarini o‘tkazadilar.

Prezident Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, Turkiya prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.