O‘zbekistonning doimiy aholisi yanvar oyidan buyon deyarli 100 mingga ko‘payib, 18 fevral holatiga ko‘ra 34 millionni tashkil yetdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Ularning 17 millioni erkaklar va 16,9 millioni ayollardir.

Yil boshidan beri mamlakatda 127,3 ming kishi tug‘ilgan, 29,1 ming kishi vafot etgan.

Ushbu davrda mamlakatga 23,6 ming kishi kelgan, 24,7 ming kishi chiqib ketgan.