Dushanba kuni kechga borib Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan O‘zbekistonda ob-havo sharoitlari o‘zgaradi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Bunday sharoit ertaga kun bo‘yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0−5 daraja iliq, kunduzi 3−8 daraja iliq bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta’siri ayniqsa kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1−3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10−15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo yana aynashni boshlaydi. Juma kuni mamlakatimiz hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tungi harorat 0−5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10−15 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan bir oz yuqori.