Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Sardoba aholi punktidagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘inda olti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yong‘in 17 fevral kuni soat 02:40da boshlangan va 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jihozlari yongan. Hodisa oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqaro halok bo‘lishgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi), O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.