1 fevraldan 11 fevralgacha O‘zbekistonda 126 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, ulardan 33 tasi o‘lim bilan bog‘liq, deb xabar berdi IIV YHXBB matbuot xizmati.

YTHlar natijasida 41 kishi vafot etdi (30 kishi voqea joyida, 11 kishi kasalxonalarda) va 136 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olishdi.

38 ta holatda avariyalar piyodalarning belgilanmagan joyda ko‘chani kesib o‘tish natijasida, 13 ta holatda — haydovchilar ehtiyotsizligi tufayli sodir bo‘ldi. 12 ta YTH belgilangan tezlik rejimiga rioya qilmaslik, 11tasi — haydovchi piyodani payqamay qolishi, 11 tasi quvib o‘tish qoidalarini buzish natijasida ro‘y bergan.

Ushbu davrda Toshkentda 21 ta, Toshkent viloyatida 17 ta, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 13 tadan, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda 10 tadan baxtsiz hodisalar qayd etildi.


Taqqoslash uchun: 21−31 yanvar kunlari mamlakatda 125 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, ularda unda 54 kishi halok bo‘lgan va 93 kishi jarohatlangan edi.