13 fevral kuni taxminan soat 21−00 larda 24 yoshli X. M. boshqaruvidagi Nexia-3 «Andijon-Asaka» avtomobil yo‘lining «Asaka» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan ZIL-130 bilan to‘qnashdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobilda uch nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisi X. M. va old o‘rindiqda o‘tirgan 24 yoshli I. J. hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Sedanning yana ikki yo‘lovchisi — 24 yoshli M. B. va 20 yoshli N. P. keyinroq tibbiyot muassasasida shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.