Andijon viloyatining Izboskan tumanida yuk poyezdi 2003 yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi uning ahvoli o‘ta og‘ir darajada, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati.

Hodisa 11 fevral kuni 9:57 da sodir bo‘ldi. Poyezd «Andijon-Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» temir yo‘llarda yuqori darajada ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish va yo‘llarda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.