O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan yosh oilalarga uy-joy berish tartibiga muvofiq, 2020 yildan yosh oilalar uchun qurilajak uy-joy xaridida imtiyozli kreditlash stavkasi Markaziy qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmasligi shart. Shunga qaramay, 2020 yilga qadar ariza topshirib, boshlang‘ich to‘lov badali shakllantirilgan, shuningdek, uy-joy qurilishi boshlangan oilalar uchun ipoteka krediti shartlari avvalgiday saqlanib qoladi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi axborot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 sentyabrdagi qaroriga binoan 1064ta uy-joy uchun ariza topshirgan yosh oilalar uchun xaridning boshlang‘ich to‘lovi tashkilot tomonidan qoplangan. Shuningdek, ular ipoteka kreditining dastlabki besh yilida imtiyozli stavkalarda so‘ndirishi mumkin. Amalda ushbu imtiyozli kredit stavkasi 7 foizni tashkil etgandi. Shundan so‘ng, MB asosiy stavkasiga teng (ayni paytda 16 foiz) miqdorda kredit foizi hisoblanadi.

Bundan tashqari, ayni paytda qurilish ishlari davom ettirilayotgan 2116ta uy-joy uchun ariza topshirgan oilalar uchun xaridning boshlang‘ich to‘lovidan 65 foizi o‘rnatilgan tartibda Yoshlar ittifoqi tomonidan qoplanadi. Boshlang‘ich to‘lovning 35 foizi esa oilaning o‘z mablag‘lari hisobiga bajariladi.

Tashkilot tomonidan to‘lab berilgan boshlang‘ich to‘lovning 65 foizi esa yetti yil muddatga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan foizli stavkada ssuda tariqasida ajratiladi.

Qayd etish kerak, 2020 yildan boshlab qurilishi rejalashtirilgan uy-joy uchun ariza topshirgan oilalar xaridning boshlang‘ich to‘lovini o‘z hisobidan qoplashi lozim.

Kreditdan foydalanishning birinchi besh yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.