Polkovnik Jo‘rayev Muhiddin Utkurovich Qo‘qon Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar 2018 yil dekabridan buyon Muhiddin Jo‘rayev O‘zbekiston ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. O‘tgan yilning noyabrida lavozimidan ozod qilingan.

2016−2018 yillarda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i, 2014−2016 yillarda esa Toshkent IIBB Mirzo Ulug‘bek tuman IIB boshlig‘i bo‘lgan.