Chilonzor tumani hududidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab, Sovplastital korxonasi binosi orqasidan oqib o‘quvchi kanalda yangi tug‘ilgan bolaning jasadi topildi.

Bu haqdagi xabar 10 fevral kuni ertalab soat 10:35 da ichki ishlar organlariga kelib tushdi, deya ma’lum qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Voqea joyiga Chilonzor tuman IIO FMB va tuman prokuraturasi rahbarlari yetib kelishdi. Ish Toshkent shahar IIBB nazorati ostiga olingan.

Xabarda qayd etilishicha, Telegram guruhlarida voqea Olmazor tumanida yuz bergani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri.