4 fevral kuni Turkiyaning Van-Baxchesaray trassasida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi, bu vaqtda yo‘lda qor kurash mashinasi, uning ortidan esa yo‘lovchi avtobusi harakatlanayotgan bo‘lgan, deb xabar berdi RBK nashri Reuters agentligiga tayanib.

Qor ko‘chishi natijasida mikroavtobus 40 metrlik jarlikka qulab tushgan. Avtomobil haydovchisi va yetti yo‘lovchi tirik qolishgan va qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olingan.

Voqea joyiga 200 nafarga yaqin qutqaruv xizmatlari xodimlari yetib kelgan. Ular 5 fevral kuni ikkinchi ko‘chki tushgan paytda falokat joyida bo‘lgan. Natijada qurbonlar soni 38 kishiga yetdi, yana 53 kishi jarohat oldi.

Falokat yuz bergan hududda qutqaruv ishlari olib borilmoqda, qor qopqoniga tushib qolgan odamlar soni aniqlanmagan. BBC rus xizmatining ta’kidlashicha, kuchli tuman va qor qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.