5 fevral kuni Izmirdan uchgan Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi layneri Istanbuldagi Sabiha Gyoksen ayeroportiga qo‘nishda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va uchta qismga bo‘linib ketdi, deya xabar qildi Novosti RAA.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 3 kishiga yetdi, 179 kishi jarohat oldi. Samolyot bortida jami 183 kishi bo‘lgan: 177 yo‘lovchi, shu jumladan ikki bola va olti nafar ekipaj a’zosi.

Turkiyaning DHA axborot agentligi samolyot qo‘ngani videosini e’lon qildi. Kuzatuv kamerasi lavhalarida linerning qanday qilib yuqori tezlikda uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanishi, so‘ngra yo‘lakdan otilib chiqib, pastlikka qulashi aks etgan.

Hozirda aeroport yopilgan, Bosh prokuratura hodisani tergov qilmoqda.