Bugun O‘zbekiston hududiga Kavkaz tumanlaridan nisbatan salqin va nam havo oqimi kirishni boshladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Kechasi Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, ertalab Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. Kun davomida yog‘ingarchilik zonasi asta-sekin butun respublika hududiga tarqaladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Respublikada ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati o‘tgan dam olish kunlariga nisbatan 7−10 darajaga pasayib, 5−8 daraja iliqni tashkil qiladi.

Bu fevral oyining boshi uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2−4 darajaga pastdir, deyiladi xabarda.