2 fevral kuni taxminan 12:00larda Toshkent viloyati Bekobod shahri Me’mor ko‘chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyi bo‘ylab harakatlanayotgan 50 yoshli J.M. boshqaruvidagi ichida 20 nafar yo‘lovchilari bo‘lgan Isuzu avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston IIV Tergov departamentining xabar qilishicha, автобусдаги texnik nosozlik, ya’ni old g‘ildirakning tormozlanib qolishi sababli o‘ng tomonga yonboshlab qolgan. Mashina «Bekobod shahar ATS»ga qarashli bo‘lgan.

YTH natijasida 4 nafar yo‘lovchi jarohat olgan, ulardan 3 nafari tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga, 1 nafari esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborilgan, deya aniqlik kiritdi IIV matbuot xizmati. Qurbonlar yo‘q.

Avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuriagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.