Uzbekistan Airways kompaniyasi koronavirus epidemiyasi sababli 4-fevraldan Xitoyga (Pekin va Urumchi) doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar qildi.

Avvalroq xabar qilinganidek, 29-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i bilan tuzilgan hukumat komissiyasi bu haqda qaror qabul qildi.

Komissiya zimmasiga respublikaning Xitoydagi fuqarolarini qaytarish hamda O‘zbekiston hududida koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish topshirilgan.