2020−2025 yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxiralarining ortishi 361 mlrd kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga yetishi mumkin. Hukumatning tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjat Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi.

Xususan, «O‘zbekneftgaz» gaz zaxirasini 120 mlrd kub metrga, neftni esa 5 mln tonnaga oshirishni rejalashtirmoqda. Epsilon Development Company (AQSHda ro‘yxatga olingan Epsilon Development Company tomonidan tashkil etilgan) — mos ravishda 194 mlrd kub metr va 9 mln tonna. Gas Project Development Central Asia va «O‘zbekneftegaz» tomonidan tashkil etilgan NaturalGas-Stream kompaniyasi 11 mlrd kub metr va 600 ming tonna.

Qarorda, shuningdek, «O‘zbekneftegaz» uchun O‘zbekistonning beshta neftgaz mintaqasida geologik razvedka ishlarini olib borish rejalashtirilgan 116 ta istiqbolli tuzilma va uglevodorod konlari tasdiqlash belgilangan.

Britaniyaning BP kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekistonning tasdiqlangan neft zaxirasi 100 million tonnani, tabiiy gaz zaxirasi esa 1,1 trln kub metrni tashkil qildi.

Hozirgi kunda «O‘zbekneftgaz» quvvatlari yiliga 70 mlrd kubmetr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorod ishlab chiqarish imkonini beradi. Biroq zaxiralarning kamayishi va texnologik yo‘qotishlar tufayli so‘nggi 15 yil ichida uglevodorod qazib olish sezilarli darajada pasaydi.

2019 yilda O‘zbekistonda neft qazib olish 2018 yilga nisbatan 6,3 foizga, ya’ni 698,6 ming tonnagacha, tabiiy gaz ishlab chiqarish esa 1,6 foizga kamayib, 59,46 milliard kub metrni tashkil etdi.