30 yanvar kuni soat 11:40 da «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelishi natijasida 170 MVt quvvat bilan to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qozon agregatining tom qismida yong‘in yuzaga kelib, stansiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari qo‘llanildi va o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00 da yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar mavjud emas.

Ayni paytda energoblok ta’mirga chiqarildi va nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holatni o‘rganish yuzasidan maxsus komissiya tashkil qilindi.

Ayni paytda stansiyaning uchta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

Avariya munosabati bilan mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanishi kerak.