Xitoyda yangi turdagi koronavirusning tarqalishi 2002−2003 yillardagi SARS epidemiyasi ko‘rsatkichlaridan oshdi. Hozirda tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 5999 kishiga yetdi, yana 9239 kishi — gumon ostida, 132 kishi vafot etdi, 104 kishi tuzaldi, deya xabar berdi Novosti RAA.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini koronavirus tarqalgani sababli karantin e’lon qilingan Uxan shahridan evakuatsiya qilinishini qattiq talab qiladigan mamlakatlarga yordam berishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, «umuman olganda, epidemiyani nazoratga olish mumkin, uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va kasallikni davolash mumkin».

AQSH 29 yanvar kuni 200 ga yaqin Amerika fuqarolarini evakuatsiya qildi. Anchorage Daily News xabariga ko‘ra, Kalitta Air samolyoti Alyaskadagi Ankorijga kelgan. Samolyot qo‘ngan hudud atrofi izolyatsiya qilingan, qaytib kelgan barcha fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Avvalroq evakutsiya qilinganlarni San-Fransiskoga yetkazish rejalashtirilgan edi.

Yaponiya ham 29 yanvar kuni charter reys bilan Uxandan 206 fuqarosini o‘z yurtiga qaytardi. Interfaks xabariga ko‘ra, maxsus avtobuslar bilan kelganlarning barchasi tibbiy tekshirish markaziga olib borilgan va u yerda qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tokioga evakuatsiya qilingan fuqarolarning to‘rt nafari pnevmoniyaning yangi turiga chalinganlikda shubha qilinib kasalxonaga yotqizildi.

Avstraliya o‘z fuqarolarini Rojdestvo oroliga evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda, u yerda tibbiy xodimlar yangi koronavirus virusi yuqmaganligini aniqlaguncha, ular ikki haftagacha karantinada bo‘lishadi.

Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Hindiston rasmiylari ham o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni tashkil etish niyatlarini bildirishdi.

Qozog‘iston Xitoy tomoniga shaharda qolgan 98 qozog‘istonlik talabani evakuatsiya qilish imkoniyati haqida rasmiy nota yubordi. «Diplomatik ruxsat olish uchun Xitoy tomoni bilan muzokaralar olib borilmoqda», — dedi respublika tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shahrat Nurishev.

Koronavirusning tarqalishi o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida ma’lum bo‘ldi. Virus havo tomchilari va maishiy-aloqa usullar bilan yuqadi. Asosiy alomatlari — quruq yo‘tal, nafas qisilishi, isitma, holsizlik — gripp va O‘RVIga o‘xshash. Bu pnevmoniyaning (o‘pka yallig‘lanishi) rivojlanishiga, bu ba’zida bemorlarning o‘limiga olib kelishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga yuqumli kasalliklarning oldini olish choralarini ko‘rishni — hayvonlar, ORVI alomatlari bo‘lgan odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lmaslik, qo‘llarini sovun va sovun bilan tez-tez yuvish va gigiyenik gellardan foydalanishni tavsiya qildi. Niqob taqqishda ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. O‘z-o‘zini davolash, ayniqsa antibiotiklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi — ular virusga qarshi kurashda kuchsizdir.