FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 14:10 da Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila o‘chog‘idagi magnituda 5,3, chuqurlik 60 km ni tashkil etdi. Toshkentgacha masofa 344 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha. Mazkur yer osti silkinishlari Toshkent va O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent (344 km) — 2 ball;
  • Namangan (299 km) — 2 ball;
  • Andijon (298 km) — 2 ball;
  • Farg‘ona (238 km) — 3 ball;
  • Guliston (287 km) — 2 ball;
  • Jizzax (315 km) — 2 ball;
  • Samarqand (356 km) — 2 ball;
  • Termiz (332 km) — 2 ball;
  • Qarshi (434 km) — 2 ball.