Andijon shahridagi «Jaxon buyum bozori» xududida ochiq muomalada bo‘lgan va tig‘li predmetlarni to‘mtoq holda foydalanish mumkin bo‘lgan 350 dan ortiq pichoqlarning uchlari to‘mtoq holatga keltirildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati viloyati IIB axborot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Bu kabi choralar Andijon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan shahar hududida tig‘li predmetlar yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan og‘ir turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.


Xuddi shu kabi profilaktik tushuntiruv ishlari shaharning «Eski shahar dehqon bozori» hududida ham o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li jismlar to‘mtoq holatga keltirilyapti. Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan «Tun» tadbirlari davomida bemaqsad yurgan shaxslarning yonidan 18 ta tig‘li predmetlar olindi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Toshkentda ham IIO xodimlari talablariga bo‘ysunmagan va hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo‘yilgan edi.