Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi va O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 2000 yilda tug‘ilgan ayolni o‘zining sakkiz oylik qizini 5000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga oldi.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, ayol oilali bo‘lib, tezkor tadbir davomida farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.