27 yanvar kuni kechqurunga kelib Xitoyning 30 mintaqasida yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyaga chalinish bilan bog‘liq 4515 ta holati qayd etildi. Vafot etganlar soni esa 106 kishiga yetdi, deya xabar qildi «Sinxua» axborot agentligi.

Xitoy rasmiylariga ko‘ra, 976 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 60 kishi kasalxonadan chiqarildi. Yana 6973 kishining ushbu virusga chalinganlikda shubha qilmoqda.

Bir kunda 1771 ta kasallikka yangi chalinish holati tasdiqlandi, 26 kishi vafot etdi (Xebey viloyatida 24, Pekinda 1, Xaynan provinsiyasida 1 kishi).

Bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 44,1 ming kishi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Shuningdek, Gonkongda sakkiz, Makaoda yetti kishi va Tayvanda besh kishining kasalikka chalingani tasdiqlandi.