Milliy basketbol assotsiatsiyasining besh karra chempioni, ikki karra Olimpiya chempioni, amerikalik Kobe Brayant AQSHda vertolyot qulashi oqibatida vafot etdi. Bu haqda yakshanba kuni TMZ ma’lum qildi.

41 yoshli sportchining shaxsiy vertolyoti Kaliforniyaning Kalabasas shahri yaqinida qulagan. Brayan bilan jami besh kishi halok bo‘ldi. Keyinchalik uning o‘limi haqidagi ma’lumot shahar hokimiyati tomonidan tasdiqlandi.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida Brayantning rafiqasi Vanessa yo‘q. Uning to‘rt farzandi qoldi.

Brayant basketbolchilik faoliyatini 2016 yilda yakunlagan. 1996 yildan 2016 yilgacha u «Los-Andjeles Leykers» basketbol klubida o‘ynagan. Kobe «Los-Andjeles Leykers» tarkibida besh marotaba MBA chempioni bo‘ldi, 2008 yilda u MBAning eng qimmatbaho o‘yinchisi, 2009 va 2010 yillarda — MBA finalidagi eng qimmatbaho o‘yinchi deb tan olindi, AQSH terma jamoasi tarkibida Brayant ikki marotaba (2008, 2012) Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi. U MBA tarixidagi eng samarali sportchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi (33643 ball), 18 marta MBA Yulduzlari o‘yinlarida qatnashgan.