Alisher Anzarovich Mirzayev Kapitalbank boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. 27 yanvarda aksionerlarning navbatdan tashqari yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi.

U o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida mazkur lavozimni tark etgan Oleg Kim o‘rnini egalladi.

Alisher Mirzayev (1969 yilda tug‘ilgan) — Toshkent arxitektura va qurilish institutini (1993) va Toshkent moliya institutini (2000) tamomlagan. 1993 yildan 2018 yilgacha u «Ipak Yo‘li» bankida turli lavozimlarda, shu jumladan rais vazifasini bajaruvchi sifatida ham ishlagan.

2018 yilda u Hamkorbank raisining bankni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.

2020 yil 17 yanvardan boshlab esa «Kapitalbank» rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.