Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlarda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Yagona buyurtmachi xizmati» korxonasi va «K.o.» MCHJ mansabdor shaxslari, Navoiy Davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to‘g‘risidagi hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, haqiqiy bahosi 556,1 mln. so‘m bo‘lgan 31 turdagi jihozlar va mebellar to‘plamlarining narxlarini 2,3 mlrd. so‘mga oshirib ko‘rsatish orqali, 1,7 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Yagona buyurtmachi xizmati» IK va «K.o.» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.