2 martdan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi qayta boshlanadi, deya xabar berdi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» OAJ matbuot xizmati.

Safarning umumiy davomiyligi 5 soat 09 daqiqa. Chipta narxi 59 ming so‘mdan boshlanadi.

Ushbu yo‘nalishdagi birinchi tezyurar poyezd qatnovi o‘tgan yilning yanvar oyida yo‘lga qo‘yilgan edi, ammo keyinroq qatnov to‘xtab qoldi.