21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk oblastida yong‘in natijasida 12 nafar fuqaro halok bo‘lgan edi. Shu kunning o‘zida 11 nafar fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, ulardan 10 nafari o‘zbekistonlik va 1 nafari Rossiya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan birlamchi tahlil natijalariga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 11-fuqaro Andijon viloyati Andijon tumanida istiqomat qilgan Muzaffarjon Mamadjonov bo‘lgani aniqlandi (1976 yilda tug‘ilgan), deb ma’lumot bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘in jabrdiydalari yaqinlariga yordam berish, falokat sabablarini o‘rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilgan.