O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktyori Xayrulla Sa’diyev jamoatchilik asosida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xayrulla Sa’diyev 1940 yili Toshkentda aktyor Habib Sa’diyev oilasida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini teatr sahnasidan boshlab, 1990 yilda SSSR xalq artisti unvoni bilan mukofotlangan. Shuningdek, 2005 yili «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. Uning ukasi Yodgor Sa’diyev ham taniqli kino va teatr aktyori va rejissyor.

Xayrulla Sa’diyev mehnat faoliyatini «5-studiya» bilan davom ettirmoqda. U kichik kinosevarlarning «Zumrasha» jurnali badiiy rahbari ham hisoblanadi.