Juma kuni respublika Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta’sirida ob-havoning bulutli bo‘lishi, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, mamlakatning shimoliy hududlarida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar qildi.

Kunduzi havo harorati 4−9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bunday harorat shu kun me’yoriga yaqindir.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar vaqtda havo oqimlari almashib ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Iliq havo oqimi o‘rnini Volgabo‘yi hududidan kiradigan salqin va nisbatan nam havo oqimi egallaydi. Ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Respublikaning tog‘li tumanlarida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Shu kunlarda sinoptiklar haroratning kechasi 0−5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0−5 daraja iliqqacha pasayishini prognoz qilmoqdalar, bu harorat kun me’yorlaridan 2−4 darajaga pastdir, deyiladi xabarda.