Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 22 yanvar kuni o‘tgan majlisida deputatlar 35 nafar Vazirlar Mahkamasi a’zoligi uchun nomzodlarni ko‘rib chiqib, ma’qulladi. «Gazeta.uz» muxbiri yangi hukumat shakllanishini kuzatdi.

Deputatlarning eng ko‘p qarshi ovozlarini ijtimoiy soha vakillari oldi — sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nomzod Alisher Shodmonov, xalq ta’limi vaziri lavozimiga nomzod Sherzod Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga nomzod Inom Majidov hamda adliya vaziri lavozimiga nomzod Ruslanbek Davletov.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan nomzod Inom Majidovga deputatlarning deyarli 15 foizi qarshi ovoz berdi.

Nomzodlarga ovoz berishda elektron tizimdan foydalaniladi. Unda har bir deputat bitta ovoz berish huquqiga ega — «tarafdor», «qarshi» yoki «betaraf». Ovoz bermagan deputatlar soni ham elektron tabloda ko‘rsatiladi.

Bosh vazir taqdim etgan hukumat a’zolari nomzodlari uchun ovoz berish natijalari:

bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Ochilboy Ramatov:

  • tarafdorlar — 147
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 0
  • ovoz bermaganlar — 3

bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri lavozimiga Jamshid Qo‘chqorov:

  • tarafdorlar — 141
  • qarshilar — 4
  • betaraflar — 4
  • ovoz bermaganlar — 4

bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga Aziz Abduhakimov:

  • tarafdorlar — 145
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 4
  • ovoz bermaganlar — 1

bosh vazir o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga Elmira Bositxonova:

  • tarafdorlar — 146
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 3
  • ovoz bermaganlar — 1

transport vaziri lavozimiga Elyor G‘aniyev:

  • tarafdorlar — 140
  • qarshilar — 2
  • betaraflar — 7
  • ovoz bermaganlar — 1

qurilish vaziri lavozimiga Botir Zokirov:

  • tarafdorlar — 129
  • qarshilar — 12
  • betaraflar — 5
  • ovoz bermaganlar — 4

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Muzaffar Saliyev:

  • tarafdorlar — 131
  • qarshilar — 5
  • betaraflar — 11
  • ovoz bermaganlar — 3

iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga Botir Xo‘jayev:

  • tarafdorlar — 134
  • qarshilar — 3
  • betaraflar — 7
  • ovoz bermaganlar — 6

mehnat va bandlik munosabatlari vaziri lavozimiga Nozim Husanov:

  • tarafdorlar — 127
  • qarshilar — 8
  • betaraflar — 13
  • ovoz bermaganlar — 2

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Sardor Umrzoqov:

  • tarafdorlar — 143
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 3
  • ovoz bermaganlar — 4

energetika vaziri lavozimiga Alisher Sultonov:

  • tarafdorlar — 129
  • qarshilar — 9
  • betaraflar — 10
  • ovoz bermaganlar — 2

qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev:

  • tarafdorlar — 137
  • qarshilar — 2
  • betaraflar — 9
  • ovoz bermaganlar — 2

suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga Shavkat Hamroyev:

  • tarafdorlar — 144
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 2
  • ovoz bermaganlar — 4


oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Inom Majidov:

  • tarafdorlar — 107
  • qarshilar — 22
  • betaraflar — 14
  • ovoz bermaganlar — 7

xalq ta’limi vaziri lavozimiga Sherzod Shermatov:

  • tarafdorlar — 122
  • qarshilar — 12
  • betaraflar — 12
  • ovoz bermaganlar — 4

maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga Agrippina Shin:

  • tarafdorlar — 124
  • qarshilar — 10
  • betaraflar — 13
  • ovoz bermaganlar — 3

sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Alisher Shodmonov:

  • tarafdorlar — 122
  • qarshilar — 12
  • betaraflar — 13
  • ovoz bermaganlar — 3

jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga Dilmurod Nabiyev:

  • tarafdorlar — 130
  • qarshilar — 11
  • betaraflar — 7
  • ovoz bermaganlar — 2

innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov:

  • tarafdorlar — 134
  • qarshilar — 6
  • betaraflar — 6
  • ovoz bermaganlar — 4

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga Shuhrat Sodiqov:

  • tarafdorlar — 137
  • qarshilar — 2
  • betaraflar — 7
  • ovoz bermaganlar — 4

madaniyat vaziri lavozimiga Ozodbek Nazarbekov:

  • tarafdorlar — 138
  • qarshilar — 6
  • betaraflar — 3
  • ovoz bermaganlar — 3

mudofaa vaziri lavozimiga Bahodir Qurbonov:

  • tarafdorlar — 147
  • qarshilar — 1
  • betaraflar — 1
  • ovoz bermaganlar — 1

ichki ishlar vaziri lavozimiga Po‘lat Bobojonov:

  • tarafdorlar — 146
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 3
  • ovoz bermaganlar — 1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Bahrom Qo‘chqorov:

  • tarafdorlar — 135
  • qarshilar — 3
  • betaraflar — 8
  • ovoz bermaganlar — 4

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Oybek Ismoilov:

  • tarafdorlar — 147
  • qarshilar — 0
  • betaraflar — 1
  • ovoz bermaganlar — 2

Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimiga Bahodir Begalov:

  • tarafdorlar — 140
  • qarshilar — 3
  • betaraflar — 5
  • ovoz bermaganlar — 2

Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga Behzod Musayev:

  • tarafdorlar — 136
  • qarshilar — 4
  • betaraflar — 5
  • ovoz bermaganlar — 5

Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Bobur Ismoilov:

  • tarafdorlar — 145
  • qarshilar — 1
  • betaraflar — 3
  • ovoz bermaganlar — 1

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Murodjon Azimov:

  • tarafdorlar — 143
  • qarshilar — 3
  • betaraflar — 3
  • ovoz bermaganlar — 1

Yer resursrlari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi raisi lavozimiga Abdushukur Abdullayev:

  • tarafdorlar — 121
  • qarshilar — 12
  • betaraflar — 12
  • ovoz bermaganlar — 5

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Nizomiddin Bakirov:

  • tarafdorlar — 129
  • qarshilar — 4
  • betaraflar — 11
  • ovoz bermaganlar — 6

Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi lavozimiga Bahromjon Norqobilov:

  • tarafdorlar — 135
  • qarshilar — 3
  • betaraflar — 8
  • ovoz bermaganlar — 4

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Baxtiyor G‘ulomov:

  • tarafdorlar — 140
  • qarshilar — 1
  • betaraflar — 5
  • ovoz bermaganlar — 4

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlaridan biri — bosh vazirining taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni prezident tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash.