Koronavirus tarqalgan Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi, Xitoy) 30 ortiq O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin, deya xabar qildi TIV Konsullik-huquqiy departamenti mamlakatning Pekindagi elchixonasi ma’lumotlariga tayangan holda.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Uxanda 250 nafar atrofida O‘zbekiston fuqarolari, asosan oliy ta’lim muassasalari talabari yashaydi. Ularning nisbatan ko‘pchiligi semestr yakunlanganligi sababli vatanga qaytishgan.

Elchixona ma’lumoti bo‘yicha hozirda shaharda. Ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun WeChat ijtimoiy tarmog‘ida «Uxan 2020 O‘zbekiston» guruhi tuzildi. Talabalarga xotirjamlikni saqlash, zaruriy ehtiyot va profilaktika choralariga amal qilish kerakligi tushuntirildi, elchixona konsullik bo‘limi xodimlarining telefon raqamlari berildi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Xubey provinsiyasining Uxan shahrida koronavirus tarqalishiga oid vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda. Rasmiylarga ko‘ra, shaharda maxsus shoshilinch shtab joylashtirilgan va 2020-yil 23-yanvar soat 10:00 dan boshlab jamoat transporti (avtobuslar, metro, paromlar va boshqalar) vaqtincha to‘xtatildi, ayeroport va temir yo‘l stansiyalaridan chiqadigan reyslar bekor qilindi. Shahardan chiqish yo‘llari yopilgan. Shaharning barcha transport vositalari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasiga (tel.: +8610−6532−6305) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +8621−6307−1896) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.