Afg‘oniston o‘z hududida AQSH harbiylari sonini kamaytirishga tayyor, deya bayonot berdi mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani. U bu haqda AQSH prezidenti Donald Trampni ham ogohlantirilgani haqida Shveysariyada o‘tgan xalqaro Davos iqtisodiy forumida gapirdi.

New York Times nashrining G‘ani so‘zlaridan iqtibos keltirib xabar berishicha, ayni qaror hukumatning Tolibon harakati bilan muzokaralarini ijobiy yakunlashga turtki bo‘ladi.

O‘zbekiston janubidagi davlat hududida ayni chog‘da 12 ming amerikalik harbiy xizmatchi faoliyat olib bormoqda, ammo sakkiz yil avval Pentagon harbiy kuchlari Afg‘onistonda 100 ming nafar askarni tashkil etardi. Harbiy kontiygentni keskin qisqartirish AQSH diplomatiyasining Tolibon harakati bilan o‘tkazgan yaqin uch yillikdagi muzokaralari natijasida tinchlik sari dadil qadami sifatida qabul qilindi.

Oxirgi yillarda Qatarda tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatsiz o‘tganiga qaramay, amerikaliklarning Afg‘onistondan bosqichma-bosqich chiqib ketishi 2018 yili boshlandi. Har ikki tomon kelishuv borasida oxirgi nuqtani qo‘yish arafasida, prezident Tramp muzokaralar «o‘lik» ekaniga urg‘u bergan. Baribir jarayon keyinchalik boshlandi, ammo biroz vaqt o‘tishi bilan muzlab qoldi.

G‘ani afg‘on tinchlik muzokaralarining ashaddiy tanqidchisi hisoblanadi. Negaki, Tolibon vakillari bilan bir stolga o‘tirgan amerikaliklar ko‘pincha uning hukumatini esdan chiqarib qo‘yadi. Shunga qaramay, Davos forumida so‘zlagan G‘ani Afg‘onistonda qolayotgan AQSH harbiylarining 1/3 qismini uyga qaytarishga da’vat qildi.

Shu bilan birga, Qatarda to‘xtatilgan muzokaralar qayta boshlanishi mumkinligi xabari berildi. G‘ani jurnalistlar orqali Trampga murojaat qilib, hukumati askarlarni chiqib ketishiga har qachon yordam berishini aytgan.