O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 21 yanvar kuni hayotining 72-yilida og‘ir kasallikdan vafot etdi, deb xabar berdi «O‘zbekkino» milliy agentligi.

Aida Yunusova 1948 yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan. 1970 yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutining drama va kino teatri fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi yilida u «Ko‘r yomg‘iri» filmida bosh rolga taklif qilindi.

Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, «Ajoyib xayolparast», «Chinor ostidagi duel», «Olovli yo‘llar», «Oltin kuz», «Mehrigiyo», «Zulmatni tark etib», «Karvon», «Anor», «Birinchi yo‘lovchilar» kartinalarida qatnashdi.