O‘zbekiston IIV YHXBB yilning navbatdagi 10 kunida — 11−20 yanvar oralig‘ida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari statistikasini e’lon qildi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 10 kun ichida 141ta YTH qayd etilgan, 25 kishi halok bo‘lgan va 148 kishi jarohatlangan (yilning dastlabki 10 kunida — 107ta baxtsiz hodisa, 35 kishi o‘lgan va 100 kishi jarohatlangan).

Piyodalar ishtirokida 52ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan, shundan 6 tasi bolalar ishtirokida. Ikki holatda avariyalar mast holdagi haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan.

YTHlarning asosiy sabablari:

  • haydovchining piyodani payqamasligi — 23;
  • piyodalarning belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tishi — 21;
  • quvib o‘tish qoidalarini buzganlik — 14;
  • belgilangan harakat tezligiga rioya qilmaslik — 14;
  • yomon ob-havo sharoiti — 12;
  • harakat paytida yo‘nalishni o‘zgartirish — 12;
  • piyodalarning yo‘lni kesib o‘tishlari uchun yetarli sharoitning yo‘qligi — 8;
  • haydash paytida masofani saqlamaslik — 8;
  • qarama-qarshidan kelayotgan avtomobil chiroqlarining haydovchilar ko‘zini ko‘r qilishi — 7;
  • svetoforning taqiqlangan signaliga o‘tish — 6.

Eng ko‘p YTH Toshkent shahrida — 26 ta, undan keyin Toshkent viloyatida — 23 ta, Farg‘ona viloyatida — 17 ta, Namangan viloyatida — 16 ta va Qashqadaryoda — 12 tadan, qolgan hududlarda 3 tadan 9 tagacha YTH sodir bo‘lgan.