Tailandda o‘tkazilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bugun yarimfinal doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida yutqazib qo‘ydi.

O‘yin davomida O‘zbekiston terma jamoasi ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsada, buni tabloda aks ettira olishmadi. 87-daqiqada saudiyalik futbolchining uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi rikoshet holatida darvoza borib tushdi. O‘yin oxirida arablar tomonidan kiritilgan yana bir gol offsayd tufayli inobatga olinmadi.

Eslatish o‘rinli, mazkur chempionatda dastlabki uch o‘rin egasining Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi sohibiga aylanishi belgilangan. Bugun 18:15 da boshlanadigan Janbiy Koreya — Avstraliya o‘yinida yutqazgan jamoa bilan O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda qatanashadi va g‘olib olimpiada yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

Статистика


Видео