Gretsiya parlamenti chorshanba kuni prezidentlik lavozimiga Katerina Sakellaropulu nomzodi uchun ovoz berdi, deb xabar berdi «TASS». Bunga qadar u Davlat kengashi — Oliy ma’muriy sud raisi bo‘lgan.

Uning uchun hukmron o‘ng markaz «Yangi Demokratiya» partiyasi, SIRIZA radikal chap kuchlar koalitsiyasi va chap «O‘zgarishlar harakati» asosiy muxolifatchi partiyalar deputatlari ovoz berdi. 63 yoshli sudya nomzodini Gretsiya bosh vaziri Kriakos Mitsotakis ilgari surdi.

Katerina Sakellaropulu mamlakat tarixidagi eng yuqori davlat lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Gretsiya parlament respublikasi hisoblanadi. Davlat rahbari prezident bo‘lib, asosan marosim vazifalarni bajaradi, asosiy hokimiyat bosh vazirning qo‘lida.

Ketrin Sakellaropulening qasamyod marosimi 14 mart kuni parlament yalpi majlisida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Prokopis Pavlopulos 2015 yilda besh yilga saylangan va 13 martda uning vakolati tugaydi.