Toshkentning Yakkasaroy kichik sanoat zonasida joylashgan 300 dan ortiq korxona Sergeli tumanidagi yangi sanoat markaziga ko‘chiriladi, deb xabar berdi seshanba kuni Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov matbuot anjumanida.

Yakkasaroy KSZ hududida esa Day and Night («Kecha va kunduz») biznes markazi quriladi. Sanoat zonasi korxonalariga foydali shartlar asosida Sergeli tumanidagi «SAR» maxsus sanoat zonasiga (MSZ) ko‘chib o‘tish taklif etiladi, dedi u.

Yakkasaroy KSZdagi Day and Night biznes markazi loyihasi.

«SAR» MSZ Sergeli tumanidada Toshkent halqa yo‘lidan tashqarida 74 gektar maydonni egallaydi. Toshkent hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni rivojlantirish, turizm va xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda umumiy ovqatlanish korxonalari va mini-mehmonxona quriladi. Ularning qurilishi mahalliy va xorijiy tadbirkorlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, KSZ xodimlari uchun turar-joy binolari, bolalar bog‘chasi va sport maydonchalarini qurish rejalashtirilgan.

«SAR» MSZ loyihasi. Surat: Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Sharof Rahmonovning ma’lum qilishicha, ko‘chib o‘tish bir yil davom etadi. «Biz hozirda [Yakkasaroy KSZ korxonalari] egallab turgan maydonlardan kelib chiqib dastlabki rejalashtirishni amalga oshirdik», dedi u. «Ushbu ma’lumotlar qo‘lda tutgan holda» korxonalar bilan ishlash rejalashtirilgan.

Yakkasaroy KSZ shahar markaziga yaqin joyda, sobiq to‘qimachilik fabrikasi o‘rnida — Shota Rustaveli, Bobur, Muqimiy, Qushbegi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasida joylashgan. Anvar Sayfutdinovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili maxsus tashkil etilgan ishchi guruh KSZ korxonalarining bugungi holatini o‘rgangan.

Sanoat zonasi 54,5 gektar maydonni egallaydi. Unda 306 ta korxona joylashgan bo‘lib, ularda 5800 kishi ishlaydi. Hududning 35 foizidan maqsadga nomuvofiq foydalanilmoqda, 15 foiz yer esa bo‘m-bo‘sh", — dedi hokim.

Xodimlarning qariyb 70 foizi har kuni ish uchun viloyatlardan kelishadi, bu esa korxonalar yetarlicha ish haqi to‘lamasligidan dalolat beradi, deb hisoblaydi Anvar Sayfutdinov

U KSZ korxonalari poytaxt hokimiyati huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi Ijara markazidan 7,6 milliard so‘m qarzdor. Kommunal xizmatlar uchun qarzlar miqdori 1,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

Korxonalar daromadi ketma-ket uch yil davomida pasayib bormoqda. Agarda 2017 yilda KSZning barcha tashkilotlari 45 million dollar ishlab topgan bo‘lsa, 2018 yilda 33,3 million, 2019 yilda esa 28,7 million dollar ishlagan, deya qayd etdi u.

Anvar Sayfutdinovning qo‘shimcha qilishicha, yarim asrdan ko‘proq vaqt avval to‘qimachilik sanoati uchun qurilgan Yakkasaroy KSZ binolari oziq-ovqat va kimyo sanoatiga mos emas. Bu yerda sanitariya va yong‘in xavfsizligi standartlari buzilgan. Umuman olganda, ta’riflanganlarning barchasi sanoat madaniyatining yetishmasligini aks ettiradi, dedi u.

Sharof Rahmonovning ta’kidlashicha, Yakkasaroy KSZdan farqli o‘laroq, «SAR» MSZda tadbirkorlar yerga bepul egalik qilishadi. Yakkasaroy KSZ korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirish uchun ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar.

«SAR» MSZ loyihasi. Surat: Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

MSZ ma’muriyati kommunikatsiyalarni o‘tkazadi hamda binolarni foizsiz yetti yillik bo‘lib to‘lash asosida ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos tarzda qurish va jihozlashga yordam beradi, dedi u.

Shuningdek, tadbirkorlar Sergeli MSZ loyiha shartlariga muvofiq o‘z binolarini mustaqil ravishda qurishlari mumkin. Binolar rangi, xavfsizlik me’yorlari, joylashuvi va boshqalar nazarda tutilmoqda.

Sharof Rahmonovning qo‘shimcha qilishicha, Sergeli KSZ yerlari, shuningdek, yer va binolarga ustuvor huquqqa ega bo‘lmagan korxonalar orasida bozor sharoitida sotiladi.

«Gazeta.uz» tez orada Yakkasaroy KSZda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning fikrlarini alohida e’lon qiladi.