22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlisida Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi, deya xabar beradi «Gazeta.uz» muxbiri.

Nomzodlar ro‘yxati parlament tomonidan 21 yanvarda bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan Abdulla Aripov tomonidan taqdim etildi.

Nomzodlar bunga qadar parlament quyi palatasining tegishli qo‘mitalarida, so‘ngra beshta siyosiy partiyalar fraksiyalarida ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda nomzodlarning har biri ish rejasini taqdim etdi. Keyin savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi a’zolari prezident tomonidan tasdiqlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadilar.

Vazirlar Mahkamasi a’zolari


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga — Ramatov Achilbay Jumaniyazovich;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri lavozimiga — Kuchkarov Djamshid Anvarovich;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga — Basitxanova Elmira Irkinovna.

Vazirlar

Transport vaziri lavozimiga — Ganiyev Elyar Majidovich;

Qurilish vaziri lavozimiga — Zakirov Batir Irkinovich;

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga — Saliyev Muzaffar Xoldarbayevich;

Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga — Xodjayev Batir Asadillayevich;

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga — Xusanov Nozim Baxtiyorovich;

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga — Umurzakov Sardor Uktamovich;

Energetika vaziri lavozimiga — Sultanov Alisher Saidabbasovich;

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga — Xodjayev Jamshid Abduxakimovich;

Suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga — Xamrayev Shavkat Raximovich;

Adliya vaziri lavozimiga — Davletov Ruslanbek Kuroltayevich;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga — Madjidov Inom Urishevich;

Xalq ta’limi vaziri lavozimiga — Shermatov Sherzod Xotamovich;

Maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga — Shin Agrippina Vasilevna;

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga — Shadmanov Alisher Kayumovich;

Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga — Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich;

Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga — Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga — Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich;

Madaniyat vaziri lavozimiga — Nazarbekov Ozodbek Axmadovich;

Mudofaa vaziri lavozimiga — Kurbanov Baxodir Nizamovich;

Ichki ishlar vaziri lavozimiga — Bobojonov Po‘lat Razzaqovich;

Tashqi ishlar vaziri lavozimiga — Kamilov Abdulaziz Xafizovich.

Davlat qo‘mitalari raislari


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Kuchkarov Baxrom Tulkinovich;

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Ismoilov Oybek Ortikovich;

Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimiga — Begalov Bahodir Abdusalomovich;

Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga — Musayev Bexzod Anvarovich;

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimiga — Islamov Bobir Farxadovich;

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga — Azimov Murotjon Berdialiyevich;

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Abdullayev Abdushukur Xamidovich;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Bakirov Nizomiddin Jalilovich;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Norqobilov Baxromjon Turayevich;

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga — Gulyamov Baxtiyor Vaxabovich nomzodi ma’qullandi.