O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Tomsk viloyatida halok bo‘lgan to‘qqiz vatandoshning ism-shariflarini e’lon qildi. Ularning aksariyati Rossiyaga Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan borgan.

Avval xabar qilinganidek, 21 yanvarga o‘tar kechasi Tomsk viloyatining Asinovskiy tumanidagi yog‘och uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu manzilda jami 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilishgan. O‘n kishi halok bo‘ldi, ikki kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Qurbonlar ro‘yxati:

  • Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);
  • Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).

O‘ninchi halok bo‘lganning shaxsi aniqlanmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.