Mobil to‘lovlar xizmati bo‘lgan Payme aksiyalarining 51 foizini sotib olgan Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomaga ega bo‘ldi.

Markaziy bank axborotiga ko‘ra, Bank nazorati qo‘mitasi 2020 yil 20 yanvarda TBC Bank Group PLC kompaniyasi Toshkent shahrida TBC Bank aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.