Toshkentning «Lokomotiv» OCHL guruh bosqichi oldidan o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlarida o‘z uyida Tojikistonning «Istiqlol» klubiga yutqazib qo‘ygan holda musobaqani tark etdi.

Joriy yilda o‘z tarkibiga yangi futbolchilar qo‘shib olgan «Lokomotiv» OCHL va milliy chempionatda yuqori o‘rinlar kurashadigandek taassurot qoldirgandi. Ammo klub OCHLning pley-offida nariga o‘ta olmadi.

«Istiqlol»ga qarshi o‘yinning 61-daqiqasida mehmonlar vakili Alisher Jalilovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Ignatiy Nesterov qaytara olmadi va «Lokomotiv» turnirni tark etishga majbur bo‘ldi.