GULLAR
SAMARQANDNI
QUTQARADI
Samarqandlik Muqimjon Oripov, o'z shahrini bog'ga aylantirishga maqsadida, yillar davomida bolalar va kattalarga minglab gullarni tarqatadi.

Foto-, video- va auditomateriallardan «Gazeta.uz» tahririyati ruxsatisiz foydalanish taqiqlanadi.

Ko'rinmas qahramonlar hikoyalarini aytib berishda bizga Artel bizga homiylik qiladi.
…O'ttiz to'qqizinchi maktab. O'n to'rt ming sakkiz yuz yapon behisi urug'lari. Uch yuz o'ttiz dona geran gullari. O'n besh tuvak yustitsiya. Narsis piyozi – ikki yuz dona. O'ttiz toqqizinchi maktabga hammasi bo'lib o'n besh ming uch yuz qirq besh dona urug', piyoz va tuvaklar ajratdik… Tayloq tumani maktablariga.. O'n sakkizinchi yil birinchi oktabr. Ikki ming uch yuz o'n bir dona o'ttiz uch turdagi gular. Uch ming dona vashingtongtoniya palmasi urug'I, anzur piyozi… Jami yigirma to'rt ming dona urug' va gular… Oqdaryo tumani. Yigirma besh ming sakkiz yuz qirq dona urug' va gular…

Qarshimizda – 67 yoshli Muqimjon Oripov. U bizga tarqatgan ming-minglab gular, tuvaklar, ko'chatlar va urug'larni sanagancha turli-tuman raqamlarni yozib bermoqda. Buni tasavvur qilishimiz qiyin: biz shuncha o'simlikni bir joyda to'planganin hech qachon ko'rmaganmiz.

Ammo Muqimjon aka qog'ozlar solingan yangi-yangi xatjildlarni ochishda davom etmoqda. Bir yil – bitta xatjild. Ko'p xatjildlar bor hali. Ularning har birida shahar aholisining minnatdorchilik xatlari va maxsus "gul buxgalteriyasi" birtartib jamlangan. Bo'g'bon o'zining g'ayrioddiy kasbini qat'iy ravishda qayd qilib boradi:

Mana, o'n olti yildan oshibdiki Muqimjon Oripov o'zining qadrdon Samarqandini gular bilan boyitib kelmoqda. U gullarni barcha xohlovchilarga tekinga tarqatadi. Bugungi kunga qadar Muqimjon Oripov 500 mingdan ortiq gullarni tarqatdi.
Tilda Publishing
Agarda sizni olib ketayotgan taksi haydovchisi yo'lni bilmasa, unga: shoir Orif Gulxaniyning uy-muzeyi "Xo'ja Ahror Valiy" mahallasi, "qarorgoh" ro'parasida joylashgan, deb ayting. Bu. Ehtimol, O'zbekistondagi eng g'ayrioddiy va jozibador maskanlardan biridir. Bu yerda siz o'zingizni shoirlarning uyidan ko'ra ko'proq… botanika bog'iga kelgandek his qilasiz.

Bu yerda besh yuzga yaqin turdagi xilma-xil o'simliklar, gular, butalar va daraxtlar to'plangan. Shu jumladan, noyob va yo'q bo'lib ketish xavfi ostida bo'lgan o'simliklar ham bor. Gullar va mevali daraxtlarning xushbo'y hidi kishini hayajonga solidi. Agavalar, oshqovoqlar, anorlar, kaktuslar va hatto haqiqiy, mazali apelsin. Bularning barchasini XIX asrning oxiri – XX asrning birinchi yarmida yashab o'tgan mashhur samarqandlik shoir Orif Gulzaniyning nabirasi Muqimjon aka Oripovning oz qo'llari bilan barpo etgan.

Kishi mehnatga gar bersa baho u bebahonadir,
Hunarni gar samar bilsa, biling aqli rasodandir.
Senga ilmu hunar o'rgatgan ustozni mudom esla.
Hayot yo'lini ko'rsatgan u chin rahnamodandir.
O'zini maqtabon yurgan kishidan yaxshilik kutma,
Quruq va'daga gerdaysa, bu maqtovga havodandir.

Orif Gulhani
Shoirlar bog'i
Hayotlik vaqtida «Samarqandiy» maqomi olgan Orif Gulxaniy muzeyi 1980 yildan shoir tavalludinin 100 yilning sharafiga ochilgan. Marosim tashabbuskori Sharaf Rashidovning o'zi edi – u she'riyat bilan shug'ullanar va Gulxaniyning she'riy ustozi sifatida hurmat qilardi. Ammo bog' ancha oldin paydo bo'lgan.

"By bog'ni bobomning o'zi ekishni boshlagan, «Bog'I Gulxaniy» deb atalardi», - deydi Muqimjon aka. «U haqda butun O'zbekiston bilgan. Bu erga ziyolilar to'planardi, o'ziga xos klubga aylangandi».

"Bobom vafot etganlarida, qo'shni mahalladan bir kishi shunday degan: "Endi Gulxaniy bog'I sahroga aylanadi. O'g'li uni parvarish qila olmaydi". Otam Olimjon Oripov buni eshitadi. Bu uncha bag'ishladi. Uni saqlab qolish uchun ertalabdan kechgacha bog'da ishlaganini eslayman".

Muqimjon akaning otasi taniqli biolog, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi bo'ldi. Ammo u she'riyat bilan doimo shug'ullandi. «Tabiatga bo'lgan muhabbatni undan olganman», - dedi Muqimjon aka.

Nigorim, el ichinda mehnating-la e'tibor topding,
Farovonlik hayoting, yashnagan guldek diyor topding,
O'zingdek nozaninlar bazmiga qonding, baror topding,
Qaram etgan, azizim, Gulxaniy, iffatli yor topding,
Naxush baxtli zamondir bu, oshiq ma'shuqqa yor o'lsin.

Orif Gulhani


"5-sinf o'qiyotganimizda, botanika darsini o'rganardik. O'qituvchimiz Jo'rayev nimani so'zlab bergan bo'lsa, barchasini ko'rsatar edi. Gullar, issiqhonani tartibga solishni. Men barchasini eslayman. Hozir unday emas", - deya xafa bo'ladi Muqimjon aka. "Bobom va otamning ibrati, maktabdagi darslar – bularning barchasi menga ta'sir qildi".

«Bugun gular, daraxtlarsiz va hayotimni tasavvur qila olmayman», - deydi Muqimjon aka.

Ushbu bog'ning ulug'vorligi va xilma-xilligiga nazar tashlar ekansiz, unga naqadar mehnat sarflanganini hiz qilasiz. Muqimjon aka buni ro'yobga chiqarish qanchalik mashaqqatli bo'lganini eslaydi: «O'n yil davomida juda qiynaldim. 2007 yildan 2017 yilgacha. Men va oilam navbatchilik qildi. Issiqhonani isitish uchun gaz yo'q edi. Xotimim: "Siz uy haqida o'ylamaysiz, sizga faqat gullarni qutqarish kerak", - derdi»

Bemisl sa'y-harakatlar evaziga Muqimjon aka nafaqat o'z o'simliklarini saqlab qola oldi, balki ularni ko'paytirdi ham. Shoirning uy-muzeyi va bog'iga kirish hamma uchun ochiq. "Men o'simliklarga gapiraman. Ulardan so'rayman. Ular bilan suhbatlashaman. Va go'yoki ulardan javob olaman…", - deya o'z fikrlarini biz bilan o'rtoqlashdi bog'bon.
Maqimjon Oripovning shu bog' bilan to'xtab qolmadi. U butun Samarqandning gullab-yashnashiga hissa qo'shishga qaror qildi.

«Tuvakdagi gullarni do'stlari va tanishlariga tarqatishni otam boshlagan edi, - deydi Muqimjon aka. – 90-yillarda hokimiyatda ishlaganimda biz doimo obodanlashtirish uchun gul toppish muammosiga to'qnash kelar edik. O'shanda hayolimda shahrimizni gular bilan bezatish fikri tug'ildi va otam bu fikrni qo'llab-quvvatladi».

«Men asta-sekin gullarni taqqatishni boshladim. Odamlar kelib so'radi. Hech kimga yo'q demadim. Faqat: "Gullarni og'irlamang. Tekinga oling, lekin o'g'irlamang", - derdim», - deydi Muqimjon aka.

2003 yildan Muqimjon aka o'ziga xos «aksiya» uyushtirgan katta miqdordagi gul va o'simliklarni tarqatish boshladi. «Har yili shu bog'imizda eng kamida uch-to'rt tadbir o'tkazamiz», - deydi Muqimjon aka.

Aksiya «Gullar bayrami» deb nomlanadi. Ularda gul parvarishlovchi havaskorlar va maktab o'qivchilari qatnashdi. Musiqashilar, shoirlar chiqishlar qiladi. Biologlar bolalalrga gullarni tuvaklarda qanday etishtirish kerakligi haqida ma'lumotlar beradi. So'ngra mehmonlarga va maktablarga gular tarqatiladi. Muqimjon aka bolalar bog'chalari, bolalar uylari va maktablarga yanada ko'proq gular etkasib beradi.
Gullayotgan Samarqand
Tilda Publishing
…Raqamlar, yana raqamlar. Muqimjon aka tomonidan qadrdon Samarqandga tarqatilgan ming-minglab gullar. "Bilasizmi, gullarni etishtirish uchun ma'lum vaqt kerak bo'ladi, shuning uchun men oldindan 3-4 yildan keyin qaysi yilda va qancha gul berishni rejalashtiraman", - deydi Muqimjon aka.

Bog'bon o'z xatjildlariga qaytarish shoshiladi: «2017 yilda biz "Kitob olami" do'koniga to'rt yuzta gul tuvaklarini topshirdik. Samarqand shahri sharafiga har bir xaridorga sovg'a sifatida gul tortiz qilindi. Shu yo'l bilan kitobxonlikni ommalashtirishga yordam berdim. Agar aksiyadan oldin do'konda oyiga 7300 dona kitob sotilgan bo'lsa, keyin aksiya tufayli 11,500 dona kitob sotiladi».

Muqimjon Alimovich "1+10" konsepsiyasini ishlab chiqdi: "Bu nima degani?" Men sizga bitta gul sov'ga qilaman, keyin yil davomida siz uni ko'paytirasiz va boshqa omdamlarga o'nta gul taqrqatasiz. Mu mening yagona shartim. Ammo men odamlarni nazorat qilmayman. Bu yaxshi narsa emas».

«Insonni biz tarbiya qilishimiz kerak. Shuning uchun bolalar bog'chalari, maktablarda aksiyalar o'tkazamiz. Insonning o'zi tabiatni sevish kerak, nazorat bilan bunga erishib bo'lmaydi. Men kattalarga ham gullar beraman, lekin ko'proq bolalarni qamrab olishga harakat qilaman», - deydi Muqimjon aka.
Muqimjon aka o'z aksiyalarini davom ettirar ekan, Yosh havaskor gulchilar harakatiga asos solishni hohlaydi. «Har bir o'quvchining o'z guli bo'lishi kerak» shiori ostida.

«Buni qanday tasavvur qilaman? Maktab o'quvchilari 11-sinfni tugatmoqda. "So'nggi qo'ng'iroq" o'tkazilmoqda. Yuqori sinf o'quvchilari o'zlarining gul ekilgan tuvaklarini birinchi sinf o'quvchilariga berishadi. Bu nima beradi? Har bir o'quvshi tabiatga yaqinlashadi, chunki u gul bilan muloqot qiladi. Avlodlar davomiyligi saqlanib qoladi», deydi Muqimjon aka.

Samarqand, Oqdaryo va Tayloq tumanlari va Samarqand shahridagi maktablar bog'bonni qo'llab-quvvatlashga tayyor. "Samarqandda saksondan ortiq maktab bor, ularning har birida mingga yaqin o'quvchi bor. Agar biz bu harakatni boshlasak, Samarqandda hozirga qaraganda sakson ming gul ko'proq bo'ladi! Va keyin viloyat, songra butun mamlakat qo'shiladi", - deya orzu qiladi Muqimjon aka.
Hayot gullari
"Oquvchini rag'batlantirish, maqtash kerak bo'ladi. Gullarga g'amxo'rlik qilayotganlarni ma'naviy va moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash lozim. Butun mamlakat bo'ylab qancha gul tarqatish mumkinligini tasavvur qiling", - deydi Muqimjon Alimovich.

"… 2019 yil… 4 oktabr. Samarqanddagi 9-o'rta maktab. Kamida yigirma ming gul, urug', ko'chat va piyoz taqqatildi… 1 aprel - "Lolalar bayrami". Yuzdan ortiq odam boqqa tashrif buyurdi… 5 may, "Kitoblar kuni". Ikki ming besh yuzta uzum qalamchalari tarqatildi…"

Biz Muqimjon aka bilan Samarqanddagi bolalar uylaridan biriga bordik. Uni bu yerda tanishadi va hurmat qilishadi. Biz uchun eshiklarni ochishdi. Bu yerdagi xonalardan biri gullar bilan to'la. Bular Muqimjon akaning gullari. Ularning tarbiyalanuvchilar parvarish qiladi. Xonada yosh bog'bonlar to'garagi mashg'ulotlari o'tkaziladi.

"Bolalar bu gullarni juda yaxshi ko'rishadi. Ular bu erga deb kelishadi. Bilasizmi, Muqimjon aka bizga, o'qituvchilarga ham o'zining sevgisini yuqturdi. Yaqinda biz maosh oldik, pul to'pladik va bu xonaga bugenvilliya gulini sotib oldik", - dedi bolalarga uyi

Tilda Publishing
"Biz bu sayyorada 40 ming yildan beri yashab kelayapmiz va o'z uyimizni deyarli vayron qildik. Agar odamlar o'rtasida ishonch va halollik bo'lsa, barcha devorlarni vayron qilish mumkin. Buning o'rnida yashil to'siqlar barpo eting. Bizda esa sement va beton bor", - deydi Muqimjon aka.

Muqimjon aka barcha o'simliklarni o'z mablag'lari hisobiga o'stiradi va tarqatadi: "Men bog'dan o'simliklarni sotaman. Biroq bu harajatlarning 10 foizini qoplaydi xolos. Qolganiga bolalar yordam berishadi. Men o'z shaxsiy mablag'larimni sarflayman. Har qanday holatda ham menga homiy kerak emas. Va davlat yordami ham kerak emas. Men o'zimga to'q odamman".

"Men juda skeptikman. Ammo Muqimjonning faoliyati menda taasurot qoldirdi. Kamdan-kam hollarda odam yillar davomida yaxshilanib boradi. U tabiatni shon-shuhrat va pul uchun emas, balki samimiy sevadi. Chunki busiz yashay olmaydi", - deydi "Samarkandskiy Vestnik" gazetasi bosh moharrir o'rinbosari Anastasiya Pavlenko.

Biroq Muqimjon Oripovning davlatdan bir iltimosi bor, baribir. Va shaxshiy iltimos emas. Albatta, jamiyat uchun.

«Dadamning bir orzusi bore di. Samarqandda botanika bog'ini barpo etish. U bu g'oyani sobiq Soyuz davrida hukumatga bildirgan edi. Biroq hech narsa qila olmadi. U har doim: «Bolalarga o'simliklarni ko'rsatish kerak, bolalar ularga tegira olishi lozim», - der edi» - deydi Muqimjon aka.

"Biz Samarqandda botanika bo'gini tashkil qilish uchun ko'p yillar davomida kurash olib bordik. Men televizorda gapirdim, gazetalarga yozdim. Ammo hozircha jimlik. Eng hayotiy yo'li – bog'ni SamDU biologiya fakultetining tajriba-sinov maydonida tashkil etish. Bu yerda tayyor bo'g bor, hududni ko'kalamzorlashtirish, yo'llarni solish kerak edi. Universitet rahbariyati uddalay olmaydi, shahar yoki viloyat hokimiyati yordam berishi kerak. Yoki, keeling, halqdan mablag' yig'ishni e'lon qilaylik!» - deya qizishadi Muqimjon aka.

«Bog'imda qancha o'simlik o'sayotganini ko'rayapsizmi? Men barchasini berishga tayyorman. Tekinga, beg'araz. O'zimga faqat bir donadan qoldiraman. Samarqanddagi botanika bo'gi – mening asosiy, bebaho orzuim», - deydi gulsevar bog'bon.

Shubhasiz, go'zal Samarqand o'zining botanika bog'iga ega bo'lishga loyiq, Va nazarimizda, u yerga kim Nazoratchi etib tayinlanishi bizga ayon.
Bog'bonning orzusi
KELING

Jonajon, ey do'stlarim, Navro'zi shodonga keling,
Marhabo gul sayriga, gulxona oshyonga keling.
Shodligim sig'mas dilimga gulbahorim vaslidan,
Gul bilan o'ylar bezalgan, nurli ayvonga keling.
Qir-adirlar yashnadi nargisu sunbul, loladin,
Gulni guldan farqi bor, mangu gulistonga keling.
Atrini sochib muattar bog'dagi anvoyi gul,
Burkagan chechak bilan ozoda bo'stonga keling,
Raqs etar raqqosalar gullarga taqlid aylabon,
Gul bilan gul o'ynashar, bu raqsi handonga keling.
Dilga quvvat, jonga rohat, mo'miyodir sumalak,
Marhabo, bosh ustiga bir bora mehmonga keling.
Navbahor ayyomoda kuyla jo'shib, ey Orifiy,
Dilni xushnud aylaguvchi anbaristonga keling.

Olimjon Orifi (Aripov)
Foto: Elyor Ne'matov
Matn: Nikita Makarenko
Sahifalash va dizayn: Elyor Ne'matov

Foto-, video- va auditomaterillardan «Gazeta.uz» tahririyati ruxsatisiz foydalanish taqiqlanadi.