2020 yil Investitsiya dasturi doirasida Samarqandda tramvay vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va yuvish sexlari qurish ishlari amalga oshiriladi. Bunga 7 milliard 700 million so‘mmablag‘ ajratiladi, deyiladi Zarnews xabarida.

Dastur doirasida, shuningdek, Samarqand shahridagi reabilitatsiya markazida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qabulxonasi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qurilish 2 milliard 940 million mablag‘ hisobiga amalga oshiriladi.

«Qiyqim me’mor» xususiy korxonasi tomonidan loyiha qiymati 4 milliard 50 million so‘m bo‘lgan Nurobod tuman ichki ishlar bo‘limiga mahbuslarni vaqtinchalik saqlash binosini qurishi ham ko‘zda tutilmoqda.

Nurobodda, shuningdek, yong‘in xavfsizligi deposi bino va inshootlari quriladi. Ushbu bunyodkorlik uchun 4,8 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.