Nurdinjon Ismoilov O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga saylandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Qonunchilik palatasi rahbari ikkinchi marta ushbu lavozimga saylandi, Nurdinjon Ismoilov ilk bor 2015 yilda ushbu lavozimga saylangan edi.

Nurdinjon Ismoilov (1959 yilda tug‘ilgan) 2012 yildan prezidentning Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan, bundan oldin — 2005−2012 yillarda — Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

Toshkent davlat universitetini tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi. 1995 yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zosi. 1999 yilda «Shuhrat» medali va 2002 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Akmal Saidov (o‘ngda). Foto: «Gazeta.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Unga 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan deputat, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov tayinlandi.

Turli yillarda u O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Jahon muammolari instituti direktori, Toshkent davlat yuridik instituti rektori, respublikaning Fransiyadagi elchisi va O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.

Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan, yuridik fanlar doktori. 2000 yildan beri parlament quyi palatasi a’zosi. U O‘zbekiston ko‘krak nishoni, «Mehnat shuhrati» ordeni va «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Parlament quyi palatasida tuzilgan beshta fraksiyadan Spiker o‘rinbosari lavozimi uchun nomzodlar ko‘rsatildi:

— Ekologik partiyasi fraksiyasidan Boriy Alixonov.

— O‘zbekiston XDP fraksiyasidan Ulug‘bek Inoyatov;

— «Adolat» SDP fraksiyasidan Narimon Umarov;

— «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasidan deputat Alisher Qodirov;

— O‘zLiDep fraksiyasidan deputat Aktam Hayitov nomzolaridi ko‘rsatildi.

Qonunchilik palatasi deputatlari ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab ovoz berishdi.